Teatrlashtirilgan sahnalar o‘quvchilarda doim ham yaxshi tassurot qoldirgan. Hafsala qilib, farzandimizni doim ham teatrga olib bormaymiz.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani bo‘linmasi xayrli tashabbus bilan chiqib, homiylik asosida viloyat  drama teatri  aktyorlarini G‘uzor tumanidagi maktablarga taklif qildi.  

Teatr aktyorlari tomonidan “Turkiston tabibi” spektakli qo‘yib berildi. O‘quvchilar katta qiziqish bilan spektaklni tomosha qilishdi.  

Yoshlarni teatr tomoshalariga qiziqishini oshirish va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirga tumandagi umumta’lim maktablaridan 300 nafarga yaqin o‘quvchilar jalb qilindi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Spektakllar bolalarda katta taassurot qoldirdi