So‘z mulkining sultoni - Alisher Navoiy (+video)
Navoiy ijodi cheksiz ummon. Uning tubida hali hech bir g‘avvosning qo‘li yetmagan duru javohirlar yotibdi. Navoiyni tushunish ham ilm, ham san’at.
Navoiyni anglash, tushunish uchun ham ancha tafakkur kerak. Navoiy yashagan va undan oldingi davrlarni, Sharq adabiyotining nozik qirralarini, nafosatini, aruz malohatini, tasavvuf falsafasini, mumtoz she’riyat jozibasini, badiiy san’atlarni, Islom arkonlarini, arab, fors, turkiy tillarning o‘ziga xos jihatlarini anglash kerak.
Alisher Navoiyning ijodidagi ilohiylik haqida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nusratilla Jumaxo‘ja bilan suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/mw_IhXL0Pqo?si=n9Q8OcX_sPQf3Qvk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA