“Soyuz” falokatga uchradi
“Soyuz” deb nomlangan, ichida ikki kosmonavti boʻlgan raketa texnik nosozlik tufayli yerga quladi, deya xabar bermoqda “The ndependent” nashri.
“Soyuz” deb nomlangan, ichida ikki kosmonavti boʻlgan raketa texnik nosozlik tufayli yerga quladi, deya xabar bermoqda “The ndependent” nashri.NASA xabariga koʻra, favqulodda qidiruv va qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga joʻnatilgan
NASA astronavti Nik Heyg va “Roskosmos” kosmik agentligi astronavti Aleksey Ovchinin seshanba kuni tushdan keyin odatdagi tartib boʻyicha Qozogʻistondagi “Baykonur” kosmodromidan parvoz qilishgan edi.
Ular olti soatdan keyin orbitaga chiqishlari kerak edi, ammo quvvat kuchaytirgich ishga tushirilgandan, keyin sal oʻtmay, u ishdan chiqqan va kema boshqaruvi butunlay yoʻqotilgan.
Shundan keyin astronavtlar qutqaruv uskunasi orqali raketadan ajralib favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan.
NASA va Rossiyaning “Roskosmos” kosmik agentligining xabar berishicha, kosmonavtlar Qozogʻistonning Jezkazgan shahridan taxminan 12 kilometr narida, “Baykonur”dan esa taxminan 280 kilometr narida joylashgan hududga qoʻnishga muvaffaq boʻlishgan. Shuningdek, hozirda astronavtlar yaxshi ahvolda ekanligi maʼlum qilingan.