Bugun Farg‘ona viloyat sudida o‘tgan yilning may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Dastlabki tergov organi tomonidan ushbu shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayb e’lon qilinib, 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergan. Nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.  

Sud majlisi o‘tgan yil 9 noyabrdan boshlanib, belgilangan talablar asosida olib borildi. Ishni ko‘rib chiqish davomida 22 nafar sudlanuvchi, 36 nafar jabrlanuvchi va 21 nafar guvoh so‘roq qilingan.

[gallery-1622]

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilarning 2 nafariga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazo tayinlandi. 20 nafariga esa ozodlikdan mahrum bo‘lmagan – ya’ni turli muddatlarga ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi. Ularga qo‘llanilgan uy qamog‘i ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan ozod etildi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan, sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali O‘zbekiton Respublikasi Oliy sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, sud hay’ati tergov organi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun xususiy ajrim chiqardi.  

M. Sulaymonov,

M. Qodirov(surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"So‘x voqealari"ning sudlanuvchilariga sud hukmi o‘qildi