Poytaxtimizda sovuq suvga moslashgan baliqlarni yetishtirish holati va bu bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularni yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyozlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda sanoat usulida asosan iliqsevar, ya’ni karp, oq amur, oq va chipor do‘ngpeshona, laqqa turlariga mansub baliqlar yetishtiriladi. So‘nggi yillarda baliq turlari xilma-xilligini oshirish maqsadida qimmatbaho sanalgan sovuq suvga moslashgan baliqlarni sanoat usulida yetishtirishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, sovuq suvga moslashgan baliqlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular nomiga monand ravishda asosan tog‘ va tog‘oldi hududlarda yetishtiriladi. Ularning o‘sib, rivojlanishi uchun suv harorati 16-18 gradusdan oshmasligi kerak. To‘g‘ri oziqlantirilsa, 6-7 oy yoki bir yil davomida yetiladi. Sovuq suvga moslashgan baliqlar go‘shti tarkibi vitamin va oqsillarga boy bo‘ladi.

bugungi kunda respublikamizda 16 ta baliqchilik xo‘jaligi sovuq suvga moslashgan baliqlar yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Mazkur xo‘jaliklar o‘tgan 2020 yilda 2 yarim ming tonnadan ziyod farel, osyotr, losos yetishtirishga erishdi.

Baliqchilikning ushbu yo‘nalishini yanada rivojlantirish, sovuq suvga moslashgan baliqlar tannarxi barqarorligini ta’minlash hamda baliqchilik xo‘jaliklarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbarining shu yil 3 martdagi «Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suvga moslashgan baliqlar (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m miqdorida subsidiya ajratish belgilandi.

Sovuq suvga moslashgan baliqlarni yetishtirish Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida "Golden fish group“ MCHJ tomonidan intensiv basseynlar va qafas moslamlarida farel, osyotr va losos baliqlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu korxona 900 tonna baliq yetishtirish quvvatiga ega. Namangan viloyatida quvvati 500 tonnadan iborat ”Db group eco“ MCHJ tomonidan intensiv basseynlarda farel baliqlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Navoiy viloyatidagi «Eksport fish produkt» MCHJ 35 tonna quvvatga ega bo‘lgan yopiq suv aylanma tizimi moslamalarida osyotr baliqlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Farg‘ona viloyatida quvvati 200 tonnadan iborat "Mr fish Fargʼona company“ MCHJ QK tomonidan yopiq suv aylanma tizimi moslamalarida, Surxondaryo viloyatida esa «Qandil parvozi fayz» FX tomonidan quvvati 200 tonnadan iborat intensiv basseynlarda farel baliqlari yetishtirilmoqda.

Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanlari tog‘li hududlarida intensiv kichik basseynlar barpo etilib, «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida kooperatsiya usulida xonadonlarda sovuq suvga moslashgan baliqlarni yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Sovuq suvga moslashgan baliqlarni yetishtiruvchi xo‘jaliklar sonini yanada oshirish maqsadida 2021 yilda Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yiliga quvvati 4000 tonna bo‘lgan 13 ta baliqchilik xo‘jaligi tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida joriy yilda 7 ming tonna, 2022 yilda 10 ming tonna sovuq suvga moslashgan baliqlar yetishtiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sovuq suvga moslashgan baliqlar yetishtirish ko‘payadi