Sovuq kunlarda yana “dorixona biznesi” avj oladimi? (+video)
Sovuq kunlar yaqinlaşmoqda. Dorixonalardagi narxlar va dorilarning xavfsizligi böyiça yangi talablar joriy etildi. Bu özgarişlar aholiga nima beradi?
Kunlarning sovişi, fasllar almaşinuvi insoniyatga katta sinovlar olib keladi. Turli tabiiy ofatlardan taşqari, odam organizmi moslaşgunga qadar mavsumiy kasalliklar ortişi kuzatiladi. Bunday hollarda avvallari “dorixona biznesi” avj olar edi. Bu yil vaziyat özgardimi?
Maʼlumki, 1-iyuldan boşlab retsept asosida beriladigan dori vositalari uçun yangi çeklangan narxlar töliq kuçga kirdi. 2026-yil 1-aprel holatiga köra, retsept asosida beriladigan qariyb 2 ming 500 ta dori vositasi uçun çeklangan narxlar qayta şakllantirildi. Fuqarolar pharm.gov.uz sayti hamda “PharmUz” mobil ilovasi orqali retsept asosida beriladigan dori vositalarining çeklangan narxlarini mustaqil tekşirişlari, ularni amaldagi narxlar bilan taqqoslaşlari hamda aniqlangan holatlar yuzasidan murojaat yöllaş imkoniyatiga ega böldi. Şu sohadagi özgarişlar haqida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmakonazorat bölimi boşliği Sabohat Hayitova bilan suhbatlaşdik.
—Har yili sovuq tuşişi bilan dori vositalariga ehtiyoj ortadi. Fuqarolarimiz fasl almaşayotganda nimalarga eʼtibor qaratişlari kerak? Dori narxi asossiz kötarilib ketişining oldini oliş böyiça nima işlar qilinyapti?
—Fasllar almaşgani sayin aholi orasida şamollaş köproq uçraydi. Ular virusli yoki bakterial bölişi mumkin. Bunday holatda odamlarimiz özini-özi davolaşga örganib qolişgan. Dorixonalardan antibiotiklar olişadi. Dorilarni isteʼmol qilgandan keyin nojöya taʼsirlar köp uçramoqda. Oğir holatlarda şifokorga murojaat qilişadi, yengil holatlarda “ötib ketdi” deb ketişadi. Aslida bu dorining nojöya taʼsiri bölişi mumkin.
—Dorilar nojöya taʼsir qilganida fuqarolar kimga murojaat qilişlari kerak?
—Prezidentimizning 2024-yil 23-yanvardagi 20-son farmoni hamda 2025-yil 19-avgustdagi 137-son farmoni, şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruqlari ijrosi doirasida mamlakatimizda farmakonazorat tizimini takomillaştiriş böyiça GVP milliy standarti — O‘zMSt 339:2024 joriy etilib, «Farmakonazorat» milliy elektron axborot tizimi yaratildi hamda 2026-yil yanvar oyidan boşlab amaliyotga tatbiq etildi. Şu hujjat asosida dori vositalarining nojöya taʼsirini nazorat qiladigan bölim yuzaga keldi.
Batafsil videoda.
Sanjar Toşpölatov,
Oybek Davronov, Uluğbek Töxtayev,
ÖzA