Sovuq kunlarda energiya resurslaridan xavfsiz foydalanişga tayyormisiz?
Surxondaryo viloyatida “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida taktik-öquv, tezkor-profilaktik va huquqiy tarğibot tadbirlari taşkil etilib, yoqilği-energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlarini bartaraf etiş va oldini olişga, ulardan oqilona foydalanib, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Termiz tumanidagi Şarof Raşidov mahallasida bölib ötgan taktik-öquv maşğulotida ham kuz-qiş mavsumida köngilsiz hodisalarning oldini olib, favqulodda vaziyatlarda masʼul xizmatlar hamkorligi va tezkor harakatlaniş könikmalari sinovdan ötkazildi. Aholi xonadonlarida isitiş moslamalaridan xavfsiz, töğri foydalaniş közdan keçirildi.
Sovuq kunlarda energiya resurslaridan foydalanişga ehtiyoj ortib, ularga yuklama oşadi. Tabiiy va suyultirilgan gaz va boşqa energiya resurslaridan notöğri foydalaniş inson hayoti va salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Isitiş moslamalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik is gazidan zaharlaniş, yonğin va boşqa favqulodda holatlarga sabab böladi.

Mazkur tadbir ana şunday köngilsiz va favqulodda holatlarning oldini olişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.

Unda tuman hokimi — fuqaro muhofazasi boşliği Şuhrat Qalandarov, tuman favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği Umid Bozorov tegişli xizmatlar mutasaddilari va xodimlari mahallada xonadonma-xonadon yurib, aholiga energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş, gaz va elektr isitiş moslamalarini töğri işlatiş holatlarini örgandi. Mörilarni muntazam tozalaş, xonalarni şamollatib turiş va energiya manbalaridan tejab foydalaniş yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Profilaktik tadbirlar çoğida masʼul xizmatlarga aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş, xavfli holatlarga befarq bölmaslik va aholi xavfsizligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni davom ettiriş yuzasidan zarur körsatmalar berildi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri