Sovid-19 alomatlari qanday boʻladi?
"Men tanigan tanishlarim hammasi shunday boʻldi, ehtiyot boʻlmasa yana qaytadan ogʻrishi ham mumkin ekan".
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi "Maslahat. uz« guruhi foydalanuvchilari Salohiddin Holiyorov va Eldor Ergashev tomonidan »Tomoq ogʻriq, hid va taʼm sezmaslik uchrab turibdimi? Bu Sovid-19 belgisi emasmi? degan savollar ostida post joylashtirildi. Ayni pandemiya sharoitida ushbu post katta muhokamalarga va ayniqsa xalq tabobati maslahatlariga sabab boʻldi.

Muxbilla Qoriyev:
- Koronadan ogʻrigan odam hid sezishi yoʻqoladi, ovqat taʼmini ham sezmaydi.“ Temperatura” tushib chiqib sakrab turadi, yoki tushmay qiynaydi, bu holat uzoq choʻzilmasligi kerak. Men tanigan tanishlarim hammasi shunday boʻldi, ehtiyot boʻlmasa yana qaytadan ogʻrishi ham mumkin ekan.
Davriya Dehqonova:
- Shunday holat boʻlmasligi uchun tez tez qoʻlingizni yuving, profilaktikaga rioya qiling. Agar ertalab uyqudan tursangiz oʻzingizni ogʻir, xolsiz hisoblaysiz. Isitma 37 daraja boʻlishi yo boʻlmasligi mumkin. Peshona qismda ter boʻladi. Baqbaqa iyak pasti ogʻirlashganga oʻxshaydi. Tomogʻingiz ogʻriganga oʻxshab. Keyin bu holat sekin oʻtib ketishi mumkin. Lekin yana kunlar oʻtgandan keyin isitma darajasi koʻtariladi. Darrov muolaja boshlash kerak. Oʻpkaga oʻtmasdan. Lekin bari bir shifokorga zudlik bilan murojaat qilib davolashni boshlash kerak. Bu oʻsha kovidni boshlanishi! Sogʻ boʻling kasal boʻlmang!
Abduaziz Toʻychiyev:
- Xa bu juda qoʻrqinchli kasallik emas, maskangizni ichiga 96 foiz spirtga botirilgan bintni siqib 4 qavat qilib 4 mahal sutkada sinang. Oʻtib ketadi. Haftada koʻngil aynishi mumkin, yoʻtaltiradi yoʻtalganda albatta tupurib tashlang. Issik suvni tez-tez isteʼmol qiling, vitamin S va D ichib turing, isiriq tutatib turing, qonni quyiqlashiga yoʻl qoʻymang yolgʻiz paytingiz maska taqmang, xonani shamollatib turing
Dilara Malikova:
-Taʼm va hid sezishning yoʻqolishi bu koronavirus belgisi. Tezda davo choralarini koʻrish kerak. Shifoxonada joy boʻlmasa uyda davolansa ham boʻladi. Shifokor bilan telefonlashib, ahvol jiddiylashmasdan tavsiya qilingan dorilarni ichish va immunitet hosil qiladigan tabletka va dorilarni ichish shart. Alohida oʻzi oʻtirsin oila aʼzolaridan uzoqda. Koʻchadagi mish mishlarga tayanib gapirayotganim yoʻq. Men tibbiyot sohasida oʻqiyman.
Muqaddas Siyayeva:
- Vrachga murojaat qiling. Ungachayam vaqtni ketkazmasdan koʻp suyuqlik iching. Yaxshi dam oling. Xonani tez-tez shamollating, yaxshi ovqatlaning. Ishtaha boʻlmasayam ovqatlaning. Sutga saryogʻ solib ikkalasini qaynating va iching issiqroq.
Begzod Mirahmedov:
- Koʻpchilikka tezroq tarqaganiga bir tarafdan yaxshi. Qachonki 75 foiz odam shu kasallikka chalinsa, kasallikka nisbatan immunitet hosil boʻladi, shu bilan karantin ham tugaydi.
Baxtiguli Fayziyeva:
- Tomoqni romashkada chayish kerak, eng zoʻr narsa shu. Furatsilindan ham romashka yaxshi. Har 15-20 daqiqada tomoq chayish kerak.

- Tomoqni romashkada chayish kerak, eng zoʻr narsa shu. Furatsilindan ham romashka yaxshi. Har 15-20 daqiqada tomoq chayish kerak.

Madina Abdullayeva:
- U ancha qiyin narsa, haqiqiy mutaxassis boʻlish kerak yoki internetdan qidirasiz javobini.
Shava Karshinski:
- Kimni immuniteti kuchli boʻlsa taʼm hid sezmaydi shu davrda koronavirus oʻtib ketgan boʻladi.
Dilnoza Toʻrayeva:
- Hid va taʼm yoʻqolsa bu koronavirus alomatiku vrachga boring, Ollox asrasin OʻZI bizni.
Hilola Karimova:
- Hid va taʼm bilmay qolish koronavirusning ilk belgisiyu
Dilrabo Yoʻldosheva:
- Lekin bu kasallik boʻlmasligi ham mumkin. Ikki yil oldin xuddi shunday boʻldim, bir oydan keyin sekin bittasi, keyin ikkinchi burnimning hid bilish qobilyati tiklandi. Ammo taʼm bilish organim bir yarim yilda oʻz joyiga qaytdi.
Haydar Joʻrayev:
- Koronavirusni davolasa oʻzidan oʻzi yaxshi boʻlib, hidni va taʼmni sezadigan boʻlasiz.
Muqaddas Fazlidinovna:
- Menda ham 1 hafta shu holat kuzatildi. Umuman hid sezmadim. Ovqatlarniyam faqat issiq sovuqligini bildim xolos. Tumov, bosh ogʻrigʻi, yoʻtal, yana ovozim ham boʻgʻildi. Lekin isitma qilmadim. Tanish shifokorimizning maslahati bilan gripga qarishi dorilarni ichdim, vitaminlar ham. Koʻproq suv ichdim. Mana hozir 3 kundan buyon hidlarni sezyapman. Bosh ogʻrigʻi ham yoʻqoldi. Ovozimda ozgina oʻzgarish, bir-bir yengil yoʻtal boru hozir oʻzimni juda yaxshi his qilyapman. Xudoga shukur! Lekin virusmikan deb rosa qoʻrqqandim. Manimcha oddiy gripp boʻlganman. Nima boʻlgandayam shifokor bilan maslahatlashish kerak. Virus bilan gripning alomatlari bir biriga oʻxshab ketar ekan.
Koʻtarilgan masalalar hozirgi pandemiya vaziyatida dolzarb mavzulardan biri. Hammasidan ham muhimi bunday vaqtda vahimaga berilmaslik lozim. Agarda sizda shu kabi noxush holatlar yuz bersa, har xil dori vositalarini qabul qilishga shoshilmang. Mutaxassislar bu holatda koʻproq suyuqlik ichishni, hoʻl meva va sabzavotlar tanavvul qilishni, oʻzini oʻzi “izolyatsiya” qilish shartligini taʼkidlashmoqda. Oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang!

Manija BAHRIYEVA,
jurnalist