Dilnoza Innatovna ASADOVA katta o‘qituvchi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqola Sovet davrida O’zbekiston madaniy hayotidagi o’zgarishlarga bag’ishlangan bo’lib, unda Sovet hukumatining madaniyat sohasidagi siyosati, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, san’at va teatr sohasidagi islohotlar yoritilgan. Milliy qadriyatlarning ta’sirini tahlil qilish orqali bu davrda O’zbekistonda yuz bergan madaniy transformatsiya masalasi o’rganilgan. Shuningdek, Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan madaniy inqilob va uning mahalliy madaniyatga bo’lgan salbiy ta’siri ko‘rsatilib, davlat siyosati natijasida an’anaviy o’zbek madaniyati, ta’lim tizimi va diniy qadriyatlarda yuz bergan o’zgarishlar tadqiq etilgan.
Таянч so’zlar: jamiyat, madaniyat, ma’rifat, maorif, mafkura, qadriyat, taʼlim, tarbiya, axloq, siyosat, savodxonlik, ozodlik.