Maktab – insonning beg‘ubor bolalik davrini yodga soluvchi, ezgu va nurli orzularimiz bilan bog‘liq tabarruk maskan. 24 may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maskanlarida 2024/2025 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerakki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning maktabni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrigi o‘quv yili nihoyasiga oid tantanalarga, bitiruvchilarga, ularning ustozlari va ota-onalariga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.  

Barcha joylarda bo‘lgani kabi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 91- sonli Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabda ham baland ruhda o‘tkazildi.  

Bu yerga erta tongdanoq o‘quvchilar, ularning ustozlari va ota-onalar, mahalla faollari to‘plandilar.  

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga tabrigini O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qib, eshittirdi.  

[gallery-23550]

Darhaqiqat, keyingi yillarda maktab ta’limiga qaratilayotgan e’tibor mutlaqo o‘zgardi. Ta’limning sifat va mazmunini takomillashtirish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda. O‘quv jarayonini xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirish yo‘lida salmoqli qadamlar qo‘yildi. Mamlakatimizning ertangi kundagi hal qiluvchi kuchi sifatida navqiron avlod uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. O‘quvchi-yoshlarning zamonaviy ilm, kasb-hunar, axborot texnologiyalari, chet tillarini puxta egallashi uchun ko‘plab oliy o‘quv yurtlari, monomarkazlar, texnikumlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda yurtimizda barpo etilgan Prezident va ijod maktablarining ilg‘or tajribalari umumta’lim maktablariga ham keng joriy etilmoqda.  

Bularning barchasi keng va sog‘lom tafakkurga ega, barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.  

–Maktabimizda 1830 nafar o‘quvchi tahsil oladi, – dedi maktab direktorining o‘rinbosari Zilola Rustamova. – Bu yil ta’lim maskanimizni 126 nafar o‘quvchi bitiradi. Ularning to‘laqonli bilim olishi, kasb-hunar sirlarini egallashlari uchun o‘quv darslari bilan birga, fan to‘garaklari mashg‘ulotlari keng yo‘lga qo‘yildi. O‘quvchilarimiz fan olimpiadalari, turli ijodiy tanlovlarda faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘ldilar.

–Jonajon maktab, mehribon ustozlar, qadrdon sinfdoshlar bilan xayrlashish juda og‘ir, – dedi 11-sinf o‘quvchisi Yusufbek Abdullayev. –Olgan bilim va insoniylik sabog‘i uchun maktabimdan, aziz ustozlarimizdan juda minnatdorman. Kelgusida yaxshi hunar egasi bo‘lib, Vatanim rivojiga hissa qo‘shishga astoydil harakat qilaman.  

Tantanali tadbirda fidoyi ustozlar, a’lochi o‘quvchilar taqdirlandi.  

Maktabdagi "Turon" teatri hamda iqtidorli o‘quvchilar badiiy jamoasining dasturi namoyish etildi. Vatan, yoshlarga qaratilayotgan e’tiborni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, joriy o‘quv yili yakunida respublikamizdagi o‘n mingdan ziyod maktabning 9-sinfini 632 ming 946 nafar, 11-sinfini 451 ming 73 nafar yigit va qizlar tugatmoqda. A’lo bahosi va namunali xulqi bilan o‘rnak ko‘rsatgan 14 ming 41 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallariga sazovor yoshlardir.  

So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. O‘quvchilar zamonaviy  bilimlar bilan birga maktabdek mo‘’tabar dargohda odamiylik, vatanparvarlik, yurtga sadoqat sabog‘ini ham olganlari aniq. Bu bilimlar ularning kelgusidagi hayot yo‘lini yoritishga xizmat qiladi.

Nazokat Usmonova, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi qo‘ng‘iroq: Maktab ostonasidan nurli kelajak sari