Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan infografikada so‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda bank tizimining rivojlanish ko‘rsatkichlari aks etgan.

2017-2023 yillar davomida O‘zbekistonda bank tizimini yanada rivojlantirish maqsadida qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, valyuta bozori liberalizatsiyasi, Markaziy bank tomonidan inflyatsion targetlash rejimiga o‘tilishi, pul muomalasi va to‘lov tizimidagi o‘zgarishlar, davlat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.  

2023 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatimizda 35 ta tijorat banki faoliyat yuritadi va shundan 10 tasida davlat ulushi mavjud.  

2017-2023 yillarda bank tizimi aktivlari 3,9 baravarga, majburiyatlari 3,8 baravarga o‘sdi. Bank tizimi aktivlari 2023 yil yakunlariga ko‘ra, 652 trillion so‘mni (2017 yil – 167 trln so‘m) tashkil etdi va YAIMga nisbati 54,7 foizgacha (2016 yil – 42,3%) o‘sdi. Bank tizimi majburiyatlari 2017 yildagi 145,9 trillion so‘mdan 2023 yilda 555,1 trillion so‘mga yetdi. Bank tizimi jami kapitali o‘tgan 7 yil davomida 4,7 baravar o‘sib, 2023 yil yakunlariga ko‘ra 97,1 trillion so‘mni tashkil etdi.  

So‘nggi 7 yillikda tijorat banklariga depozit qo‘yilmalari hamda aholi va iqtisodiyotni kreditlash hajmlari keskin o‘sdi. Bank tizimida jami depozit qo‘yilmalari qoldig‘i 2017 yil yakunida 59,6 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil yakuniga kelib 241,7 trillion so‘mga yetdi yoki 4,1 baravar o‘sdi. Jami depozit qo‘yilmalarining 49 foizi xususiy banklarga tegishli. Bank tizimi tomonidan iqtisodiyotga taqdim etilgan jami kreditlar qoldig‘i hisobot davrida 4,3 baravar o‘sib, 2023 yilda 471,4 trillion so‘mga yetdi. Kreditlarning depozit qo‘yilmalariga nisbati xususiy banklarda 118 foiz, davlat banklarida 268 foizni tashkil etdi.  

Ajratilayotgan kreditlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlari kesimida so‘nggi yillarda keskin kengayib borish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Xususan, qishloq xo‘jaligiga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 10,1 baravarga, ulgurji va chakana savdoda 6,3 baravarga, qurilish sohasida 3,6 baravarga, sanoatda 3,1 baravarga, transport va aloqa xizmatlari sohasida 2,1 baravarga oshdi.  

Jismoniy shaxslarga turli maqsadlarda ajratilgan kredit liniyalarida ham keskin o‘sish kuzatildi. 2017 yil yakunida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 13,6 trln so‘mni, 2023 yil yakunida 148,6 trln so‘mni tashkil etib, so‘nggi 6 yillikda 10,9 baravarga oshdi. Aholiga ajratilgan kreditlar tarkibida ta’lim kreditlari 16,3 baravar, ipoteka kreditlari 1,6 baravar va tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar 1,5 baravar o‘sish qayd etgan.  

Amalga oshirilgan qator tarkibiy islohotlar natijasida aholining bank xizmatlari bilan qamrab olish darajasi kengaydi. Mamlakatimizda moliyaviy xizmatlarning yillik hajmi 2017 yilda 14,9 trillion so‘mdan (YAIMdagi ulushi 6%) 2023 yil yakunida 107,3 trillion so‘mgacha (9%) o‘sdi. Ya’ni, 7,2 baravar o‘sish qayd etdi. 2023 yil yakunlariga ko‘ra, kredit tashkilotlari 204 tani (2017 yil 104 ta), masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 44,1 million kishini (4,5 mln kishi), chiqarilgan bank plastik kartalari soni 46,2 million donani (19,2 mln. dona), bankomat va infokioskalar soni 26 ming 655 tani (5 632 ta) tashkil etgan.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
So‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda bank tizimining rivojlanishi – raqamlarda