Somali janubidagi teraktda uch kishi halok bo‘ldi
Somali bosh vaziri Hamza Barre ushbu harakatni qoralab, qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirdi, deb xabar beradi “Anadolu” axborot agentligi.
Mamlakat janubida, O‘rta Shabelle mintaqasi Javhar shahridagi mashhur “Nur Dob” mehmonxonasi yaqinida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi.
Yaralanganlar orasida Xirshabel shtati sog‘liqni saqlash vaziri Abdi Muallim ham bor.
Hujum uchun javobgarlikni “Ash-shabab” terror tashkiloti zimmasiga oldi.