Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir.

Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 51-modda.

Bugungi kunda aksariyat yurtdoshlarimiz buning mohiyatini chuqur anglab, soliqlarni o‘z muddatida to‘lamoqda. Bu yurtimizda soliq madaniyati tobora yuksalayotganidan dalolatdir. Ammo soliq to‘lashni paysalga solish yoki undan qasddan bo‘yin tovlash holatlari ham uchrab turadi. Bunday holatlarni bartaraf etish va oldini olish muhim ahamiyatga ega.

Poytaxtimizda Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 22-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shular haqida gap bordi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yu.Nasimjonov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda yangi imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. Bu xalqimiz farovonligi oshishi, mamlakatimiz taraqqiyoti yanada yuksak pog‘onalarga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etayotir.

2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Mazkur farmon bilan tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirildi. Tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar bevosita aybdorlardan undirilishi ta’minlanadi. Bu noqonuniy tekshirishlar barham topishi, davlat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida tadbirkorlik subyektlarining faoliyati asossiz to‘xtatilishi va zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka olib keladi.

Yaratilayotgan keng imkoniyatlar tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini rivojlantirish bilan birga zimmalaridagi burch va mas’uliyatni vaqtida ado etishni ham yuklaydi. Soliq va boshqa majburiy yig‘imlarni vaqtida to‘lash iqtisodiyotimiz barqarorligiga xizmat qiladi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, xo‘jalik sudi mas’ul xodimlari, sud ijrochilari, tumanlar, soliq qarzi mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga tushumlar bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, bu borada soha xodimlari mas’uliyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, soliq organi tomonidan majburiy undiruv choralari ko‘rilishi natijasida soliq qarziga qo‘shimcha ravishda xarajatlar ham paydo bo‘lishiga olib kelishi tushuntirildi. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan tadbirlarni yanada jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – burchimiz