Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida joylashgan “World trading company" korxonasi mahalliy iqtisodiyotga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. 2020 yildan buyon faoliyat olib borayotgan bu korrxonada 100 nafar yosh doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Bu yerda ishlab chiqariladigan “Felix”, “Vertex” va “X-Cool” nomli antifriz mahsulotlari nafaqat mahalliy bozorni ta’minlamoqda, balki Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Turkiya kabi xorijiy davlatlarga ham muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda. Bu esa korxonaning yuqori sifat va ishonchlilik mezonlariga javob berayotganidan darak beradi.

Jizzax viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i Bobir Ismoilov korxona jamoasi bilan uchrashuvda soliq tizimidagi yangiliklar va tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar haqida so‘zlab berdi:

— Biz har bir tadbirkorning ehtiyojlarini chuqur o‘rganamiz, muammolarini tinglaymiz va amaliy yordam ko‘rsatamiz, — dedi u. — Soliq sohasidagi yangiliklar biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Davlat va tadbirkorlik o‘rtasida ishonch va hamkorlikni mustahkamlash orqali iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanish yo‘lida ilgarilamoqda.

Uning so‘zlari tadbirkorlar uchun davlatning yaratgan qulayliklari va soliq tizimining soddalashtirilishiga katta e’tibor qaratilishini ko‘rsatadi. Bu esa biznes muhitini yaxshilashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, soliq idoralari va tadbirkorlar birga harakat qilishganda, nafaqat alohida korxonalar, balki butun jamiyat farovonlikka erishadi.  

A. Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliqchi va tadbirkor: hamkorlikda barqaror kelajak quriladi