“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili amalda
Buxoro shahar “Sanoatchilar” ko‘chasida faoliyat yuritib kelayotgan “Kamalak Shabnam teks” korxonasi mahsulotlariga bugun ichki bozorda talab katta. Ayni paytda 186 nafar ishchi xodim mehnat qilayotgan korxonaga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi hamkorlar bilan ishlash ancha samarali bo‘lmoqda.
Korxonaga biriktirilgan davlat soliq xizmati organlari xodimlari “Soliqchi– ko‘makchi” tamoyili asosida korxonaning dastlabki buxgalteriyasini yuritish, ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish tartiblarini tushuntirishda tadbirkorning doimiy maslahatchisi bo‘lib kelmoqda.
Yaqinda anna shu maslahatlardan unumli foydalangan korxonaga 2020 yilda xarid qilgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan 1 milliard 908 million so‘m qismi qaytarib berildi. Ushbu mablag‘ korxonaning yanada barqaror faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Joriy yilning 2 chorak yakuni bo‘yicha esa 1 milliard 658 million so‘mni tashkil etdi.

bugungi kunda davlat soliq xizmati xodimlari tadbirkorlarning ko‘makchisi va biznes hamkori sifatida ish olib bormoqda. Ularga kreditlar ajratish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, soliq imtiyozlarini qo‘llash tartiblarini tushuntirishda tadbirkorlarning doimiy maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Buxoro viloyati DSB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jami 1 ming 200 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektining turli muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak berildi.
Dastlabki buxgalteriyasini yuritish bo‘yicha 288 ta korxonaga, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish borasida 107 ta korxonaga hamda iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan 10 ga yaqin korxonaga kreditlar ajratilishiga ko‘maklashildi.
Zarif Komilov,
O‘zA