Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida bu noyob Qomusning har bir moddasi va qoidasini o‘rganish, ularga hurmat, mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lib, to‘laqonli ijro etish barchamiz uchun muqaddas burch va mezonga aylanishi zarurligini qayd etdi.

Bosh Qomusimizning 63-moddasida qayd etilganidek, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. 

Ushbu konstitutsiyaviy me’yorlar amalda qanday ta’minlanmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bilan shu haqda suhbatlashdik.  

– O‘zbekistonda inson qadri va uning manfaati barcha narsadan ustuvordir. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan davlat va fuqarolar o‘rtasidagi burch, majburiyatlarni adolatli, shaffof usulda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tgan yili mahalla institutining jamiyatimizda va aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatidagi roli oshirilib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimidan iborat “mahalla yettiligi” tashkil etildi.

Davlat xizmatchilari, xususan soliq xizmati xodimlarining mahalla darajasiga tushib “mahallabay” ishlashi, har bir fuqaro, har bir sub’ekt kesimida muammolarning hal etilishi tadbirkorlarning va aholining ishonchini yanada mustahkamlamoqda. 

Viloyat darajasidagi soliq organlarining ish faoliyati esa “korxonabay” tashkil etilmoqda. Bu bilan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning, tadbirkorning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini o‘rganish bilan birga ularga proaktiv shaklda xizmat ko‘rsatilmoqda.  

Yashirin ish o‘rinlari va ish haqini legallashtirish, soliqdan qochish sxemalarining oldini olish, qonunchilikka rioya etish va soliq majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashish natijasida bugungi kunda 71 ming 387 nafar soliq to‘lovchining tovar aylanmasi 30 foizdan ortiqqa o‘sdi. 

Mahalliy byudjetlarning daromadi bo‘lgan mol-mulk va yer soliqlari tushumi o‘tgan 11 oyda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga o‘sdi.

– Xizmatlarni raqamlashtirmasdan soliq to‘lovchilarga o‘z majburiyatlarini bajarish uchun maksimal qulayliklar yaratib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda qanday ishlar amalga oshirildi? 

– Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlarning sodda va qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Soliq” mobil ilovasidan ham jismoniy, ham yuridik shaxslarning birday foydalanish imkoniyati yaratildi. 

Endilikda har bir tadbirkor, fuqaro birgina mobil qurilma orqali “Soliq” mobil ilovasidan foydalanib, dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qat’i nazar, majburiyatini bajarishi, rahbar yoki ta’sischi butun boshli biznesi, buxgalteriyasi qanday ishlayotganini kuzatib borishi, qonuniy ishlayotgan biznes hamkorlarni tanlashi mumkin. Bu esa, o‘zaro ishonchli va mustahkam hamkorlik garovidir. Ushbu ilovadan birgina joriy yilning o‘zida 862,1 million marta foydalanildi. 

Soliq to‘lovchilarning soliq bilan bog‘liq savollariga 24/7 rejimida uzluksiz javob berish maqsadida tashkil etilgan Call-markaz orqali joriy yilning 11 oyida 723,5 mingta savolga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. 

Soliq to‘lovchilar bilan sifatli qayta aloqani soddalashtirish, ularning faoliyatida uchrayotgan ayrim muammoli masalalar bo‘yicha tezkor munosabat bildirish maqsadida joriy yilning mart oyida “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimi ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar jami 63 ming 335 xabar va murojaatlarga uzog‘i bilan bir kun muddatda Soliq qo‘mitasi mutaxassislari javoblari berildi. 

Avtokameral tizimimiz ham tadbirkorlarga yaxshigina dastyor bo‘ldi, deyish mumkin. Bu tizim ularga xatolarini o‘z vaqtida tuzatib majburiyatlarini bajarmaganlik uchun jarimalardan saqlashda qalqon bo‘ldi. Tadbirkorning xatosini topib uni darhol jazolashni emas, aniqlangan xato va kamchiliklarni avval soliq to‘lovchining o‘ziga tushuntirish va kamchiligini ixtiyoriy tuzatish imkoniyati berilyapti. Bitta raqamga e’tibor bering, 570 trillion so‘mga ixtiyoriy ravishda qayta hisobotlar taqdim etildi, tadbirkorlarga nisbatan 216 trillion so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llanilishining oldi olindi. 

Raqamli islohotlar natijasida biznes sub’ektlarining “yashovchanlik” darajasi 3 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan ulushi 72 foizga yetdi. Shuningdek, joriy yilning 1 dekabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan jami xo‘jalik sub’ektlari soni 561,9 mingtaga, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 290,1 ming nafarga yetdi. 

– Fuqarolarga qulaylik yaratish nuqtai nazaridan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 

– Albatta, aholiga qulaylik yaratilsa, bundan ular keng foydalanadi. O‘zini o‘zi band qilish tizimi aholi tomonidan juda qulay tizim o‘laroq qabul qilindi. Yuzdan ortiq faoliyat turi kiritilgan mazkur instrument mehnat bozorida yashirin iqtisodiyotni soyadan chiqarish platformasiga aylandi. Qisqa vaqt ichida mustaqil faoliyat yuritib kelayotgan 4,3 million nafardan ortiq fuqaro mehnat qilishning qonuniy yo‘liga o‘tdi. 

Birgina yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatining o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat turlariga kiritilishi natijasida ilgari yashirin ishlagan 520,9 mingga yaqin taksi xizmati legallashtirildi. 

Joriy yildan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida shaffof, teng raqobat muhitini yaratish, qonunga itoatkor, halol tadbirkorlarni rag‘batlantirib borishga xizmat qiluvchi mutlaqo yangicha tizim – Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etildi.

To‘g‘risini aytish kerak, shu paytga qadar ham tadbirkor biror talabga javob bermasa yoki muayyan shartlarni bajarmasa, unga nisbatan jazo choralari qo‘llanilar edi. 

Prezidentimiz buning maqsad-mohiyatini o‘tgan yili tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilab bergan edi. Shundan so‘ng davlatimiz rahbari 2024 yil 23 yanvarda imzolagan “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga binoan, tadbirkorlar faoliyat davri, rentabellik darajasi, to‘lov intizomi, aholi bandligidagi o‘rni, ish haqi kabi jihatlar ishlab chiqilgan mezonlar asosida toifalarga ajratildi. Ular soliq, adliya va sud organlari ma’lumotlari asosida shakllanadi. Har bir tadbirkor o‘z o‘rni va bahosini real vaqtda bilib borishi mumkin bo‘ladi.

Keling, shu o‘rinda rag‘batlantirish mezonlariga e’tibor qarataylik. Unda soliq to‘lovini o‘z vaqtida va oshirib to‘lash bilan bog‘liq jihatlar ham o‘rin olgan. Masalan, tadbirkor tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir oylik soliq summasining o‘rtacha miqdoridan 10 foiz oshiq to‘lansa, 10 ball bilan baholanadi. Xuddi shu tamoyil aylanmadan olinadigan soliqlar uchun ham belgilangan. Yana bir muhim tomoni, tadbirkorlik sub’ektining reytingi quyi toifaga tushib qolgan taqdirda ham unga nisbatan jazo chorasi qo‘llanilmaydi. 

Bu jarayonda tadbirkorlar faoliyatiga soliqchilar emas, elektron tizim baho beradi. Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor bo‘ldi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi amaldagi 7 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddat o‘rniga bir kunda, boshqa soliq turlari bo‘yicha ortiqcha to‘lovlar avvalgiday 10-15 kun davomida emas, balki uch kunda qaytarib beriladi. 

Hozirda “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 562,2 mingta tadbirkorlik sub’ekti baholangan. Ko‘rsatkichi past bo‘lgan tadbirkorlar intizomli ishlayotganlar safiga kirish va ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lish uchun harakat qiladi.

Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘payib, jami 10 mingdan oshdi. AAA reytingdagi tadbirkorlarning 968 tasiga 1,6 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berildi. 

Himoyaga muhtoj aholiga qator oziq-ovqat mahsulotlari xaridi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarish yuzasidan “Ijtimoiy keshbek” hamda iste’moldan orttirilgan elektr energiyasi bo‘yicha “Quyoshli xonadon” xizmatlari orqali to‘lov tranzaksiyalari amalga oshirilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerakki, 2024 yilning o‘tgan davrida “Quyoshli xonadon” xizmati orqali 6,4 ming nafar foydalanuvchiga 10,9 milliard so‘m, “Ijtimoiy keshbek” xizmati orqali 135,7 ming foydalanuvchiga 21,9 milliard so‘m o‘tkazib berildi. 

– Mamlakatimizda adolatli soliq siyosati yo‘lga qo‘yildi, deya olasizmi? 

– Albatta. Ochiq va shaffof soliq tizimi bunga imkon yaratmoqda. Soliq organlarida amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlari natijasida “Soliq” mobil ilovasi ikki yildan buyon yil brendi mukofotiga loyiq qo‘rilayotgani ham buni tasdiqlaydi. 

Bu ilovani xalqaro moliya institutlari ham e’tirof etmoqda. Avvallari biz borib o‘rgangan bo‘lsak, navbat bizdan kelib o‘rganishga yetdi.

Yurtimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy ishbilarmonlik muhiti, yuritilayotgan oqilona va adolatli soliq siyosatining jozibadorligi nafaqat mahalliy ishbilarmonlar, balki dunyoga taniqli brendlarning ham qiziqishi ortishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Buni elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 xorijiy kompaniya O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani, ular tomonidan  joriy yilda 101,9 milliard so‘m soliq to‘langani hamda bu raqamlar doimiy oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin.

Yagona soliq tizimi nafaqat soliqlarni to‘lashni, balki davlat moliyasini boshqarishni ham soddalashtirdi. Yagona tizim yordamida davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, soliq to‘lovchilarga barqaror iqtisodiy sharoitlar yaratishga yordam beradi. Shu bilan birga, yagona tizim davlatning soliqlarni yig‘ish va taqsimlashda shaffoflikni ta’minlaydi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Konstitutsiyadagi soliq va yig‘imlar bilan bog‘liq barcha huquqiy me’yorlar fuqarolar va davlat o‘rtasidagi adolatli munosabatlarni rivojlantirishga, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

O‘zA muxbiri

Norgul Abduraimova

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq va yig‘imlarning adolatli bo‘lishi qanday ta’minlanmoqda?