Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi soliq qarzlarini undirishni tashkil qilish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlarga 16 nafardan ortiq xodimlar jalb etildi. Kuni kecha mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirishga qaratilgan galdagi tadbir Yuqori Chirchiq tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan “AVTOMAGISTRAL" UKda tashkil etildi.

Bu korxonaning 2023 yil 24 mart holatiga 591,5 milliard so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, qarzini uzish to‘g‘risida talabnomalar yuborilgan. Unda soliq majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarilishi, aks holda davlat soliq xizmati organlari tomonidan, Soliq Kodeksining 114-moddasiga asosan, 15 kundan so‘ng xatlov ishlarini amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Shunga qaramasdan, jamiyat tomonidan bugungacha soliq qarzdorligi so‘ndirilmagan. Natijada soliq organi rahbari tomonidan chiqarilgan xatlov qarori bo‘yicha tashkilotga tegishli bo‘lgan bino-inshootlar va transport vositalari xatlandi.  

Shuningdek, Qibray tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan “MS-BARER TEXTILE" MCHJda ham xatlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur korxonaning 2023 yil 28 fevral holatiga 2 milliard 665.6 million so‘m soliq qarzdorligi mavjud edi. Soliq organlari tomonidan korxona tegishli tartibda ogohlantirilgan bo‘lsa ham mavjud qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmagan. Natijada xatlov qarori chiqarilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan noturar binosi va texnika jihozlari soliq qarzdorligi hisobiga xatlandi.  

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 227,6 milliard so‘m soliq qarziga ega 320 ta ob’ektda xatlov tadbiri o‘tkazildi. Unda 133 ta holatda 124,3 milliard so‘m mablag‘ undirildi. Shu bilan birga, 320 ta qarzdorning 227,6 milliard so‘m soliq qarzdorligi hisobiga mol-mulklari, shundan 178 ta bino-inshoot, 67 ta transport vositalari va 179 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi.  

Aslida davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kimnidir jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas, aksincha mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir.  

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq to‘lamagan korxonalardan 124,3 milliard so‘m undirildi