Soliq sohasidagi o‘zgarishlar tadbirkorlarga yetkazilmoqda
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tomonidan Xorazm viloyatidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi muammolar o‘rganildi.
Shovot tumanida viloyatda faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik va tekstil korxona rahbarlari va mahalliy nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda mahalliy tadbirkorlarga 2025 yilda soliq sohasida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
[gallery-21330]
Shu bilan birga to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid mavjud muammolar atroflicha muhokama etilib, takliflar ishlab chiqildi.
Xususan, tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari, hisobot topshirish davri, qo‘llanilayotgan ma’muriy jarimalar, qolaversa, sohada amalda bo‘lgan dasturlarning yangi shakllari borasida tushuntirildi. Asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolganligi, shu bilan birga 2028 yilga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar, turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari