Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari hamkorligida “mahallabay” asosida ishchi guruhlar tashkil etilib, qarzdor jismoniy hamda yuridik shaxslardan soliq qarzdorliklari undirilmoqda.

Soliqlar – milliy iqtisodiyotimizning muhim tayanchi, to‘kin va obod turmushimiz kafolati. Bu haqida davralarda ko‘p aytiladi, televideniye va radioda ko‘p gapiriladi. Boshqa ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘p yoziladi. Afsuski, ayrim soliq to‘lovchilar bu gap-so‘zlarni eshitmagandek, qonunchiligimizda belgilangan o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini qasddan to‘lamaslikni ham qaltis odatga aylantirayotgan o‘xshaydi. Joylardagi bunday harakatlar soliqlarni majburiy tartibda undirishga sabab bo‘lmoqda. 

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida MIBning hududiy bo‘limlari ish yurituvida bo‘lgan qariyb 70 mingta soliq qarzdorligi bo‘yicha bir trillion 458 milliard so‘mlikdan ortiq ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Shu kungacha ularning 44 ming 800 tasidan 1 trillion 203 milliard 200 million so‘mlik qarzdorlik undirilib, tegishli hujjatlar ijrosi ta’minlangan. 

MIB viloyat boshqarmasi matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan ijro hujjatlari bo‘yicha amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida qarzdorlarga tegishli 623 milliard so‘mlik 710 ta mol-mulk xatlovga olinib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. 

Buni qarangki, yil yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolayotir. Lekin, vohada hali ham soliq idoralari oldidagi majburiyatlarini bajarmay, o‘tayotgan yilning yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdor bo‘lib qolayotgan jismoniy shaxslar borligi ma’lum bo‘lmoqda. Mazkur qarzdorlikni so‘ndirish uchun MIBning Termiz shahar va tumanlar bo‘limlaridagi ijro hujjatlariga asosan 1 ming 200 dan ortiq jismoniy shaxsning ish joyi aniqlanib, ularning ish haqlariga talabnoma yuborildi. 

Viloyatda soliq qarzdorligini undirish yuzasidan izchil davom ettirilayotgan ishlar alohida nazoratga olingan. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lash zarur