O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirish orqali ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. Belgilansinki, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

2. Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berilishi to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, eksperiment doirasida:

a) soliq organlari:

yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini – Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida;

qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni – elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida hisoblab chiqaradi va soliq hisobotini shakllantiradi;

b) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchilar uchun belgilangan tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi;

v) soliq to‘lovchi soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni tasdiqlaydi yoki, agar e’tirozlari mavjud bo‘lsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va o‘rnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.

4. Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda:

a) 2022 yil 1 yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish ob’ekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa ob’ektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlarini yaratsin;

b) quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

2021 yil 1 noyabrga qadar qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida, shuningdek, soliq solish ob’ekti va (yoki) soliq solish bilan bog‘liq boshqa ob’ektlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni;

2022 yil 1 avgustga qadar eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilgan holda uni respublikaning barcha hududlaridagi soliq to‘lovchilarga tatbiq etish hamda soliq organlari tomonidan soliq hisoboti shakllantiriladigan soliqlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni.

5. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul
va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D.Kudbiyev belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022 yil 1 avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti             Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 7 sentyabr

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida