Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi katta inspektori o‘z ukasiga 2023 yilda Farg‘ona tumani hududidan elektron auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30000 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq idorasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi