Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasida 2024 yil yakunlari, soliq siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

– Soliq tizimida olib borilgan ishlar natijasida byudjet tushumlari 1,6 trln. so‘mdan oshib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 124,6 foiz o‘sishga erishildi. Bu ko‘rsatkich esa respublikamizdagi  eng yuqori 3 ta viloyat qatoridan joy olishimizga asos yaratdi,– dedi Soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Tavboyev. – Bundan tashqari, “Soliqchi  tadbirkorga ko‘makchi” tamoyiliga binoan mahallalar darajasida ishning tashkil etilishi natijasida daromad solig‘i to‘lovchi ishchi- xodimlar soni 161 042 nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 18 296 nafarga yoki 112,8 foizga oshdi. Yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha 2024 yilda 18 093 nafar ishchi qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan 3 678 nafar jismoniy shaxs faoliyati qonuniylashtirildi. Ta’sirchan soliq mexanizmlarining joriy etilishi natijasida 93 ta bo‘sh turgan bino va inshoot foydalanishga topshirilib, 203 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Buning natijasida o‘tgan 2024 yilda  6211 nafar tadbirkorning tovar aylanmasi 12,3 mlrd.so‘mga yetdi.

Matbuot anjumanida Soliq qo‘mitasi vakillari tomonidan soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari yuzasidan taqdimot ham o‘tkazilib, unda soliq qonunchiligidagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

“Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga asosan Byudjet kodeksining 1 ta moddasiga, Soliq kodeksining amaldagi 32 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi aytib o‘tildi.  

Matbuot anjumanida savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soliq boshqarmasida matbuot anjumani