Soliq bilimdonlari bellashuvi
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati markaziy kengashi hamkorligida “Soliq bilimdonlari – 2015” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati markaziy kengashi hamkorligida “Soliq bilimdonlari – 2015” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida soliq sohasini erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholi farovonligini yuksaltirish, xo‘jalik faoliyatini yuritish shartlarini yaxshilash va ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Ko‘rik-tanlov yoshlarning soliq qonunchiligiga oid bilimini mustahkamlash, ularni soliq siyosatini yanada erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati to‘g‘risida muntazam xabardor qilishga yordam berayotir.
– Jamoamiz soliq sohasiga doir qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni puxta o‘rgandi, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Shahboz Kamolov. – Ko‘rik-tanlovda egallagan bilimimizni hayotiy misollar va sahna asarlari yordamida namoyish etdik.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari baholanishida ularning mamlakatimizda shakllantirilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoit, soliq imtiyoz va preferensiyalari, iste’molchilar huquqlari kafolatlari xususidagi bilimlari muhim mezon bo‘ldi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Soliq akademiyasining “Intellektual yoshlar” jamoasi ikkinchi va Toshkent moliya institutining “Soliq bilimdonlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.