Vatanimiz tarixidagi 27 noyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1404 yil (bundan 620 yil oldin) – Amir Temur uch oylik tayyorgarlikdan so‘ng o‘zining 200 ming kishilik qo‘shini bilan poytaxt Samarqand shahridan chiqdi va o‘zining eng oxirgi harbiy yurishi – Xitoy yurishiga ketdi. Bir necha kundan so‘ng u Oqsulotga keldi. O‘sha yilgi qish Turon tarixidagi eng qahraton qishlardan biri bo‘lgan. Sirdaryoning suvi bir yarim metrgacha muzlagan, askarlardan ko‘pining quloq-burunlari, qo‘l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o‘zi ham ko‘p o‘tmay shamollab qoldi. 

1420 yil (bundan 604 yil oldin) – Temuriylar hukmdori Shohrux Mirzo Eronning shimoli-g‘arbiy qismidagi Ardabil shahrida mashoyixlar shayxi Shayx Safiuddin Ardabiliyning mozorini ziyorat qildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, o‘z vaqtida Shohrux Mirzoning otasi Amir Temur ham Ardabilga kelib, shayx Shoh Ismoil Hattoiyning bobosi, XIII asr oxirida Eron Ozarbayjonida paydo bo‘lgan so‘fiy-darveshlik tariqati – safaviyaning asoschisi bo‘lgan mashhur Shayx Safiuddin Ardabiliy maqbarasini ziyorat qilgan va tevarak atrofdagi bir qator qishloqlarni, yerlarni sotib olib, shayx Safiuddin maqbarasi qoshidagi masjidga vaqf qilib bergan edi.

1819 yil (bundan 205 yil oldin) – Nikita Muravyov Xiva xoni Muxammad Rahimxonning elchilari Eshnazarboy va Yaqubboylar, shuningdek, turkman vakillaridan iborat diplomatik guruh hamrohligida Xivadan Rossiyaga yo‘l oldi. Elchilar 1820 yilning 24 fevral kuni Krasnovodsk orqali Tbilisiga yetib keladi va general Yermolovning qabulida bo‘lishadi. Deyarli ikki oy davom etgan muzokaralar va uchrashuvlardan keyin 1820 yilning 22 aprelida Tbilisidan Xivaga qaytishga ijozat beriladi.

1917 yil (bundan 107 yil oldin) – Qo‘qon shahrida O‘lka musulmonlarining favqulodda to‘rtinchi s’ezdida 27 noyabr kuni kechasi soat 12 da Turkiston o‘lkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qilgan qaror qabul qilindi. 28 noyabrda mazkur davlatning nomi aniqlanib, “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan 27 noyabr tunini “Milliy Laylatulqadrimiz” deb atadi. 

1919 yil (bundan 105 yil oldin) – Turkiston o‘lkasi oliy tibbiyot maktabi O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning tibbiyot fakultetiga aylantirildi.

1921 yil (bundan 103 yil oldin) – Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) Markaziy Ijroiya Ko‘mitasi va Nozirlar Sho‘rosining kengaytirilgan ko‘shma majlisida XXSR Markazko‘mining raisi, XXSR Nozirlar Sho‘rosining raisi, Markazqo‘m ish boshqaruvchisi va bo‘lim boshlig‘i, moliya noziri, doxiliya noziri, xorijiya noziri, harbiy ishlar noziri, turkman sho‘’basi raisi, shuningdek, yana bir qator rahbarlar Xorazmning dushmani deb e’lon qilindi. Ularni otib tashlash va qamashga qaror qilindi.

1928 yil (bundan 96 yil oldin) – biolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi O‘rinboy Hasanov tavallud topdi. U bedaning 22 yovvoyi, 11 kenja turi va 68 ekologik shakllarini aniqlagan. 

1961 yil (bundan 63 yil oldin) – O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashi, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 835-sonli qo‘shma qarori bilan “O‘zbekiston tabiatni qo‘riqlash va ko‘kalamzorlashtirish jamiyati” tashkil qilindi.

1997 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1997 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

1997 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zbekiston teleradiokompaniyasi fondidagi kino mahsulotlarini saqlash, filmlarni rejalashtirishni tartibga solish va ulardan o‘rinli foydalanish maqsadida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Kino” Bosh tahririyati qoshida filmoteka tuzildi.

2003 yil (bundan 11 yil oldin) – Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda nishonlandi.

2018 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2018 yil (bundan 6 yil oldin) – BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi faoliyati boshlanishiga bag‘ishlangan Inson xavfsizligi buyicha ko‘psheriklik trast fondining taqdimoti va «Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli strategiyalarni o‘zida jamlagan mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish» mavzusidagi BMTning yuqori darajadagi tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda so‘zga chiqqan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish fondning o‘z faoliyatini boshlashi Orol muammosidan aziyat chekayotgan mintaqa tarixida yangi sahifa ochishini aytib o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyovning mazkur trast fondini tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi hamda xalqaro jamiyatni ushbu fondni moliyalashtirishda faol ishtirok etishga chaqirdi. 

2019 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Resrublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2023 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohibqironning so‘nggi yurishi