Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash borasidagi keng ko‘lamli sa’y-harakatlar natijasida bobokalonimiz Amir Temur shaxsi qadr topdi. Uning jahon tarixidagi o‘rni, dunyo tamadduniga qo‘shgan beqiyos hissasi keng miqyosda e’tirof etildi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, Amir Temur ordeni ta’sis etilishi, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida bobokalonimizning ulug‘vor haykallari qad rostlashi buyuk ajdodimiz xotirasini e’zozlash, nomini abadiylashtirish yo‘lida olib borilgan xayrli ishlar sirasidandir. Shuningdek, poytaxtimiz markazidagi xiyobon, shohko‘cha, metro bekati, yurtimizning turli hududlaridagi madaniyat va ma’rifat maskanlariga ham Amir Temur nomi berilgan.

1996 yilda Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyining bunyod etilishi xalqimizning Sohibqiron siymosiga hurmat-ehtiromi va iftixorini, yurtimizda ilm-fan, madaniyat sohasi taraqqiyotining tarixiy ildizini dunyoga ko‘z-ko‘z etdi. Yana bir e’tiborli jihati, betakror me’moriy yechimi va salobati bilan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyoh va mehmonlarni hayratda qoldirib kelayotgan bu ulug‘vor koshona yosh avlodni boy tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom va Vatanimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Muzey "Davlat noyob ilmiy ob’ektlari" ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning xazinasida O‘zbekiston tarixini aks ettiruvchi ashyolar saqlanadi. Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan biz ham ijodiy jamoamiz bilan muzeyga tashrif buyurdik.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/j7-us5-vU7E" title="Sohibqiron jasorati - mangu barhayot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sohibqiron jasorati - mangu barhayot (+video)