“Sohibqiron avlodlari” festivali bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, tarixga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida yurtimizda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 115-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Sohibqiron avlodlari” festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Navro‘z bayrami ruhida tashkil etilib, unda o‘quvchilar Amir Temur hayoti va faoliyati yuzasidan sahna ko‘rinishlari hamda viktorinalarda faol ishtirok etdi. Bilimdon o‘quvchilar kitoblar bilan rag‘batlantirildi, faol sinflar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-28692]
Festivalda 15 ta sinf ishtirok etib, ular tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning milliy urf-odatlari, an’analari, kiyimlari va taomlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda estrada xonandalari va yozuvchilar ishtirok etib, bayramga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.
N.Rahmonova,
A.Alijonov (surat),
O‘zA