FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanidagi eng olis hududlardan biri — Sohibkor mahallasi qiyofasi kun sayin o‘zgarib bormoqda.
Ayni paytda ushbu mahallaning ichki yo‘llarini obodonlashtirish va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida Jahon banki loyihalari doirasida yirik qurilish ishlari amalga oshirilyapti. “Marjona Shahnoza" MCHJ pudratchilik shirkati tomonidan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga 2 km 200 metr yo‘lga yuqori sifatli asfalt yotqizilmoqda. Bundan tashqari mahalla ko‘chalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 10 dan ortiq “Tashvish” tugmalari va kuzatuv kameralari, tungi yoritish tizimi o‘rnatildi.
Mahallada bunyodkorlik ishlari qizg‘in sur’atda davom etmoqda.
[gallery-22510]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA