Soha fidoyilari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bir qator teatr jamoalari tomonidan “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida tomoshabinlar e’tiboriga qiziqarli spektakllar va teatrlashtirilgan konsert dasturlari namoyish etildi.
Qoraqalpog‘iston hududida 3 ta davlat teatri, 11 ta xalq teatri faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, ular qatoriga shu kunlarda “Muza” nomli xususiy teatri ham qo‘shildi. Asosiysi, davlatimizning yuksak e’tibori tufayli ushbu san’at dargohlarining moddiy-texnik bazasi ancha yaxshilandi hamda teatr jamoalari repertuaridan o‘rin olayotgan spektakllar yangilanib, barcha ijodkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
[gallery-16646]
27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik va musiqali teatrida o‘tkazilgan bayram tadbirida madaniyat sohasi xodimlari va tomoshabinlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan teatrning bir qator ijodkor va fidoyi xodimlari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng qirg‘iz xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Jamila” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl qoraqalpoq tilida tomoshabinlar e’tiboriga namoyish etildi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA