Sog‘lom turmush sharti – hayot kafolati
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 8-oilaviy poliklinikada malakali shifokorlar tomonidan “Bosh miya qon-tomir kasalliklari skriningi” o‘tkazildi.
Tadbirda loyiha rahbari, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, tibbiyot fanlari nomzodi, professor Yoqutxon Majidova qatnashdi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi, piyoda yurish, sog‘lom ovqatlanishning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir doirasida hudud aholisi tibiiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Mohigul Qosimova, O‘zA