Ertalabki sayr, badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish kishi kun davomida xush kayfiyatda yurishini, bajarayotgan ishida unum bo‘lishini, eng muhimi salomatligi mustahkamlanishini ta’minlaydi.

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lida ming-minglab ko‘cha va xiyobonlarda maxsus yurish, yugurish va velosipedda sayr qilish uchun maxsus yo‘laklar barpo etildi, mo‘’jaz sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.

Ushbu sa’y-harakatlar natijasida minglab kishilarning kundalik hayotida ommaviy sport muhim o‘rin tutib bormoqda.

Bugun, 15 mart kuni erta tongdan poytaxtimiz Toshkentdagi Sayilgoh ko‘chasida sog‘lom hayot uchun 5000 qadam yurish marafoni tashkil etilgani ham ayni maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yurish marafoni tadbirlarida Toshkent shahar sport boshqarmasi, sport ta’lim muassasalari mutaxassislari, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod tumani hokimlik mas’ullari, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda yoshlar ishtirok etib, salomatliklarini mustahkamlashdi.

Marafon doirasida barcha ishtirokchilar musiqa sadolari ostida ertalabki badantarbiya mashqlarini ham bajarishdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam