Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
FOTOREPORTAJ
Andijonda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi, tizim tasarrufidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hamda ko‘ngilli ustozlar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.
Viloyatda aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiya madaniyatini keng targ‘ib qilish borasida qator tadbirlar tashkil etilayotgan bo‘lib, bu borada ta’lim tizimi vakillari faollik ko‘rsatayotir.
[gallery-20168]
“Vatanparvar” bog‘ida tashkil etilgan ana shunday tadbirda Andijon shahar va Andijon tumanidagi o‘qituvchi, rahbarlar ishtirokida “Musiqiy badantarbiya” mashg‘ulotlari bajarildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA