2025 yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ayol xodimlarning faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir Toshkent viloyatidagi “Crystal Resort” tog‘-kurort majmuasida ikki kunlik seminar-trening shaklida o‘tkazildi.  

Unda bank tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar hamda hududiy boshqarmalardagi Ayollar kengashi raislari ishtirok etdi.

Seminar-trening doirasida sport musobaqalari, jamoaviy mashg‘ulotlar va malaka oshirish treninglar o‘tqazildi.

Seminar doirasida ishtirokchilar rahbarlik qobiliyatini rivojlantirish, strategik fikrlash va samarali muloqot olib borish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashdi. Bu ularning kasbiy malakasini oshirish, ishdagi samaradorlik va jamoadagi hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

[gallery-25708]

Tadbirning asosiy maqsadi bank xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va korporativ muhitni mustahkamlashdir.

Tadbirning ikkinchi kunida ayollar o‘rtasida yengil atletika, stol tennisi va voleybol bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ishtirokchilar sog‘lom raqobat muhitini his etib, o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdi.

Zero, sport inson hayotida muhim o‘rin tutadi. U nafaqat jismoniy sog‘lomlik, balki ruhiy barqarorlik va ijobiy kayfiyatni ta’minlaydi. Ayollar uchun bunday tadbirlar ishdagi stressni kamaytiradi, faollikni oshiradi va jamoadagi munosabatlarni mustahkamlaydi.

— Musobaqalarda, eng avvalo, har bir ishtirokchi o‘zini yangi qirradan kashf etdi, - deydi “Biznesni rivojlantirish banki”ning bo‘lim boshlig‘i Mahburat Yakubova. – Kimdir sportdagi salohiyatini, kimdir yetakchilik qobiliyatini namoyon qildi. Bu seminar-trening nafaqat jismoniy, balki ruhiy va kasbiy jihatdan ham rivojlanish uchun muhim bo‘ldi. Har bir ayol o‘z sog‘ligi, bilim va faolligi bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin. Shuning uchun bunday imkoniyatlardan har doim foydalanish kerak, deb o‘ylayman.

Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom ayol — faol jamoa