Namangan viloyatining olis tumanlaridan biri Uchqo‘rg‘onda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasini bog‘lovchi “Uchqo‘rg‘on” va "Kengsay" chegara bojxona postlari ochilishi qardosh ikki xalq uchun unutilmas tarixiy bayramga aylandi.

Prezidentimiz shu yil mart oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida faollar bilan uchrashuvda “Uchqo‘rg‘on” avtoyo‘l o‘tkazish punktini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi hamda mazkur post yaqinida xitoylik hamkorlar bilan “Uchqo‘rg‘on-Kensay” logistika markazini barpo etish rejalashtirilganini ta’kidlagan edi.

O‘zbek va qirg‘iz xalqlari uzoq kutgan voqea “Uchqo‘rg‘on” va "Kengsay" chegara bojxona postlari har ikki mamlakat fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Mazkur inshootlar Namangan viloyati hokimligining “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmasi asosida qariyb 70 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi.

Har ikki respublika mutasaddilari, Namangan va Jalolobod viloyatlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida har ikki o‘tkazuv punktining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

[gallery-19255]

Tantanali tadbirda Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Boqit To‘raboyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov “Uchqo‘rg‘on” va "Kengsay" chegara maskanlarining ochilishi, eng avvalo, ikki mamlakat davlat rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning o‘zaro do‘stona siyosati, 2024 yil 24 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralarda erishilgan kelishuvlar, qolaversa, amaldagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, Strategik sheriklik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya samarasi bo‘lganligini alohida ta’kidladi.

Ramziy lenta qirqilgach, o‘zaro do‘stlik ramzi sifatida daraxt ko‘chatlari ekildi. Ikki tarafdan dastlabki yuk mashinalarining o‘tishi hayajonli kechdi.  

Shundan so‘ng, davlatlar rasmiy doiralari va ikki xalq vakillari o‘tkazish punktlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur bojxona chegara postining ochilishi nafaqat Namangan viloyati, balki Farg‘ona vodiysi uchun ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda katta qulayliklar yaratadi. Shuningdek, hudud iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.  

Tantanali tadbirda o‘zbek va qirg‘iz san’at ustalari tarixiy voqeadan zavqqa to‘lgan odamlarni raqsga chorladi.

O‘zA muxbiri tadbir qatnashchilarining ayrimlaridan intervyular oldi.

– Davlatimiz rahbarining qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqin qardoshlik aloqalarini tiklash borasidagi siyosiy iroda va tashabbusi xalqlarimiz o‘rtasida uzilib qolgan do‘stlik rishtalari tiklanishiga katta yo‘l ochdi, – deydi Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov. – Buning natijasida chegaralar ochilib, o‘zaro savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Bugun foydalanishga topshirilgan “Uchqo‘rg‘on” va “Kengsay” postlari 2010 yilda yopilib qolgandi. Bu esa ikki tomonlama aloqalarning uzilib qolishiga sabab bo‘lgandi. Chegara postlari zamonaviy talablar asosida qaytadan barpo etilgani Uchqo‘rg‘on va Nooken tumanlari ahli, ayniqsa, viloyatimiz tadbirkorlari uchun katta bayram bo‘ldi. Endilikda biz qo‘shni davlat bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tekstil, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarining nafaqat chegaradosh, balki xorijiy davlatlarga eksportini yanada tezlashtirish imkoniyatiga egamiz.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mHXPjIEFwJQ" title="Sogʻinch yaralari endi bitgaydir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

–Maktabimiz chegara hududida joylashgan. Bilim maskanimizda bir qator millat vakillari, shu jumladan, qirg‘iz millatiga mansub o‘quvchilar ham tahsil oladi, – deydi Uchqo‘rg‘on tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabi direktori Muhabbatxon Tursunova. – Bizning Bo‘ston qishlog‘i ahlining tili, tarixi va madaniyati bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qo‘shni Qirg‘iziston bilan o‘zaro do‘stlik, qarindosh-urug‘chilik, quda-andachiligi bor. Chegara postlarining ochilishi yo‘llarimizni yanada yaqinlashtirdi, bundan behad minnatdormiz.

Darhaqiqat, har ikki do‘st ellarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson, sog‘inch yaralari bitishiga xizmat qiladigan yangi chegara maskani O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalariga kirish-chiqishni 500 kilometrga qisqartiradi. Ushbu maskandan kuniga 500 tadan ortiq yukli va 300 dan ziyod yengil transport vositasi hamda 10 ming nafarga yaqin aholi harakatlanishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Uchqo‘rg‘on” va “Kensay" nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatining qaytadan yo‘lga qo‘yilgani nafaqat Namangan va qo‘shni davlatning Jalolobod viloyatlari aholisi farovonligini oshirishga hissa qo‘shadi, balki butun Farg‘ona vodiysida tashqi savdo yuklari harakatida yangi davrni boshlab beradi. Qolaversa, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda turizm salohiyatini yanada kengaytiradi. Chunki, aynan ushbu postlar mamlakatimizga kelgan turistlarning Qirg‘iziston hamda Xitoyga o‘tib- qaytishlari va tranzit o‘tishlari uchun eng qisqa, qulay hisoblanadi. Namangan viloyatining yangi chegara posti jo‘g‘rofik jihatidan bevosita Qirg‘iz Respublikasining “O‘sh-Bishkek” dovon avto yo‘liga ham yaqindir.

Zero, shoira Dilbar Haydarova yozganidek, “Sog‘inch yaralari endi bitgaydir!”

Oqilxon Dadaboyev (video), Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘inch yaralari endi bitgaydir (+video)