So‘fiy Allohyorning “Murod ul-orifin” asari qo‘lyozmasining matniy tavsifi
Dalershoh Sadullo o‘g‘li NEMATOV Magistrant Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston ndalershoh@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada So‘fiy Allohyorning “Murod ul-orifin” asarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida №12497 inventar raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi kodikologik va matnshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Qo‘lyozmaning yozuv uslubi, varaqlar tartibi, hoshiya yozuvlari hamda poygir tizimi o‘rganilgan. Shuningdek, mazkur qo‘lyozma tarkibida mavjud bo‘lgan fors tilidagi noma’lum matnlar hamda “Murod ul-orifin” asarining she’riy qismi tahlil qilingan. Ushbu nusxa boshqa qo‘lyozmalar bilan qiyosiy o‘rganilib, ayrim baytlar tushib qolgani va matnning to‘liq saqlanmagani aniqlangan.
Tayanch so‘zlar: “Murod ul-orifin”, qo‘lyozma, matnshunoslik, manbashunoslik, kodikologiya, forsiy matnlar, qiyosiy tahlil.