So‘nggi yillarda mamlakatimizda bilyard sport turi jadal ommalashmoqda. Ayniqsa, mazkur sport turining snuker yo‘nalishi yoshlarimizning eng sevimli sportiga aylanmoqda.

Snuker o‘yini tashkil etilganining 150 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston bilyard sporti federatsiyasi tomonidan Toshkent shahridagi “STAR SNOOKER” bilyard klubida snuker bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati – 2025” musobaqasi o‘tkazildi.

Bir qator iste’dodli snuker ustalari ishtirok etgan musobaqada Shuhrat Mirg‘aniyev barcha raqiblaridan ustun kelib, mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, Akromjon G‘ulomov kumush medalga ega chiqdi. Oybek Agzamxo‘jayev va Mirjalol Xo‘jayorov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

Darvoqe, mamlakat birinchiligida eng yaxshi natija qayd etgan 4 nafar sportchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qo‘shilgan holda oldinda turgan snuker bo‘yicha nufuzli musobaqalarda yurt sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Snukerchilar milliy chempionat doirasida raqobatlashdi