O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida, 8 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti (QSTI) o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston ekspertlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Ikki davlat rahbarlari ishtirokida hujjatni SMTI direktori Eldor Aripov va QSTI rahbari Erkin Tukumov imzoladi.

Bu kengashning maqsadi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi g‘oyalarni muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb etish orqali mamlakatlar o‘rtasidagi ekspert muloqotiga muntazam va mazmunli tus berishdir.

Mazkur mexanizm doirasida ikki davlatning savdo-iqtisodiy, sanoat, texnologik va madaniy-gumanitar sohalardagi holatini tahlil qilish hamda mavjud salohiyatni yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SMTI va QSTI O‘zbekiston-Qozog‘iston ekspertlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzoladi