Seul shahrida “Koreya yarim oroli va Shimol davlatlari madaniyati va strategiyalari IV forumi” bo‘lib o‘tdi. Xankuk chet tillar universiteti qoshidagi xalqaro mintaqaviy tadqiqotlar markazi (CIAS) tomonidan tashkil etilgan anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiyaning Koreya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirga ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari strategik tadqiqot markazlari direktorlari taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov forumning “Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi strategik muloqot” mavzusidagi sessiyasida ma’ruza qilib, kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy rivojlanish, mintaqaviy birlashuv, chegaralar ochilishi, aholi soni ko‘payishi va geosiyosiy faol markazlarga yaqinligi mintaqaning geostrategik ahamiyatini oshirishini ta’kidladi. Yangi Markaziy Osiyo yetakchi davlatlar, jumladan Janubiy Koreya uchun “chorlovchi nuqta”ga aylanib bormoqda.

“Oxirgi 7 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 6,3 foiz, mintaqalararo savdo hajmi 4,4 barobar, o‘zaro investitsiya qariyb ikki barobar o‘sdi”, – qayd etdi ekspert.

O‘z navbatida, Koreyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini yuqori baholagan holda, SMTI direktori bu munosabatlar mustahkam poydevorga asoslangani, vaqt sinovidan o‘tgani va keng qamrovli ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Koreya tomonidan kiritilgan investitsiya avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya, neft va gaz, axborot-kommunikatsiya kabi ko‘plab tarmoqlar jadal rivojlanishiga turtki bermoqda.

Eldor Aripov diplomatik munosabat o‘rnatilganidan buyon Markaziy Osiyo davlatlari bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 600 barobar ko‘payganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkich 1992 yil 15 million dollar edi, 2023 yil 10 milliard dollardan oshdi. Koreya sarmoyasining mintaqadagi umumiy miqlori 18 milliard dollarlik dovondan o‘tdi.

Seul 2007 yil birinchilardan bo‘lib “Markaziy Osiyo+Koreya Respublikasi” formatini yo‘lga qo‘ydi, barqaror rivojlanishni ta’minlash va mintaqa mamlakatlarida muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

SMTI direktori so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya yetakchisining Markaziy Osiyoga yaqinda uyushtirgan tashrifi chog‘ida taqdim etilgan “K-Silk ROAD” yangi tashabbusi Seulning mintaqa bilan uzoq muddatli hamkorlikni kuchaytirishga intilishining yaqqol isbotidir. Janubiy Koreyaning “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatida birinchi sammitini 2025 yil Seulda o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori hamkorligimizni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki beradi”, – deya ta’kidladi ekspert.

E.Aripov Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi sheriklikning bugungi darajasi haqida gapirarkan, ikki tomolama hamkorlikning erishilgan darajasi hayratlanarli ekani va shu bilan birga mamlakatlarimizdagi ulkan salohiyatni umuman aks ettirmasligini qayd etdi.

Shu munosabat bilan, ekspertning fikricha, ko‘p tomonlama hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlash uchun quyidagi yo‘nalishlarda aniq takliflar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Birinchidan, Janubiy Koreya tajribasi va texnologiyalari transferi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan foydalanish asosida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.

Ikkinchidan, muhim yo‘nalishlardan yana biri – barqaror va xavfsiz ta’minot zanjirini yaratish. Koreyaning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategik texnologiyalarni rivojlantirishda jahon yetakchiligiga erishishga qaratilgan ulkan va uzoq muddatli maqsadini hisobga olsak, Markaziy Osiyo davlatlari muhim kamyob yer elementlari sohasida yo‘nalishlar yaratish bo‘yicha ishonchli hamkor bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan, ekspert aytishicha, ekologik barqarorlikni oshirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish hamkorlikning yana bir ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, suvni tejovchi va ekologik toza zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun Janubiy Koreyaning boy tajribasi va sarmoyalarini jalb etish ayni masalada muhim o‘rin tutadi.

To‘rtinchidan, Institut direktori qayd etishicha, inson kapitalini rivojlantirish o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishda muhim omil bo‘lishi lozim. Ta’lim hamkorlikning yetakchi sohasiga aylanishi kerak va bu Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi, standarti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni oshirish imkonini beradi.

Beshinchidan, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa ekani alohida qayd etildi. Janubiy Koreyada kuchayib borayotgan demografik inqiroz fonida Markaziy Osiyo aholisi soni o‘sishi va ta’limning yuqori darajasi hisobiga mehnat resurslarining muhim yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin.

Oltinchidan, mutaxassis xulosasiga ko‘ra, hamkorlikni chuqurlashtirishda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘ziga xos “bog‘lovchi ko‘prik” va ishonchli poydevor sifatida yirik koreys diasporasining o‘rni beqiyos. Shu o‘rinda, SMTI direktori mintaqa mamlakatlaridagi milliy koreys madaniyat markazlarining faol ko‘magida har yili “Markaziy Osiyodagi koreys diaspora tarmoqlari” Forumini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bu nafaqat mintaqamizda istiqomat qilayotgan koreyslar milliyligini saqlash, balki xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Bu sohalarning barchasida koreyalik hamkorlarimiz bilan maqsadli va muvaffaqiyatli hamkorlik qilishimizga to‘liq ishonaman, – dedi Eldor Aripov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Forum ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirish maqsadida 2021 yil tashkil etilgan. Anjuman Forum 2021-2022 yillari Seulda, 2023 yil Toshkentda SMTI bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

G‘.Xonnazarov tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SMTI direktori yana bir yirik xalqaro forumda ishtirok etdi