Bugungi kunda raqamli dunyo va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot tarqatish hamda shaxsiy brendni shakllantirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, SMM (ijtimoiy media marketing) va mobilografiya (telefon orqali foto va video yaratish) sohalariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi nodavlat notijorat tashkiloti raisi Mamlakat Sodiqova tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida buxorolik xotin-qizlar aynan shu zamonaviy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.

Bu treninglar Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasining “Mamlakatimizda xotin-qizlar manfaati doimiy e’tiborda!” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

– SMM – ayollar uchun yangi imkoniyatlar eshigi Ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri va samarali ish olib borish – faoliyatni keng jamoatchilikka yetkazish, o‘z biznesini rivojlantirish va jamoatdagi faolligini oshirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, tadbirkor va ijtimoiy faol xotin-qizlar uchun juda muhim. Mobilografiya – hikoyangizni vizual ko‘rinishda bayon qilish san’ati zamonaviy smartfonlar orqali yuqori sifatli foto va videolar tayyorlash, o‘ziga xos kontent yaratish va auditoriyaga ta’sirchan tarzda murojaat etish imkonini yaratadi. Mobilografiyani o‘rganish xotin-qizlarga nafaqat ijodiy tafakkurni rivojlantirish, balki faoliyatlarini samarali tarzda taqdim etishda ham yordam beradi. Olti oyga mo‘ljallangan 60 nafar xotin-qizlar mazkur o‘quv kurslarda ishtirok etib, SMM va mobilografiya bilimlariga ega bo‘ldi, – deydi Mamlakat Sodiqova.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SMM va mobilografiya nima uchun kerak?