Xabar berganimizdek, joriy yil 11-23 mart kunlari slalomda eshkak eshish bo‘yicha mamlakatimizning yoshlar va kattalar terma jamoasi a’zolari Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

8 ta davlatning 70 nafardan ziyod sportchilari orasida munosib natijalarga erishgan sportchilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi sport boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Tojiyev, O‘zbekiston  "Rowing & Canoye" federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning oila a’zolari ishtirokida tantanali kutib olindi.  

Shu o‘rinda aytish joizki, ayni kunlarda Tailandda slalom bahslaridan so‘ng baydarka va kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi.   

Bugun, 24 mart kungi bahslarda 5 tadan oltin-kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

E’tiborlisi, Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibasi Gulbahor Fayziyeva kattalar toifasida ham o‘zining nimalarga qodir ekanini namoyish etdi.  

Qit’a birinchiligining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, jamoamiz g‘aznasiga 4 ta oltin medalni Akmal Mirzayev, Kseniya Ivliyeva, Muhammadali Mirismanov, Kamoliddin Rahmatullayev va Azimjon Sotiboldiyev o‘z yo‘nalishlarida taqdim qilishdi. 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slalomchilarning muvaffaqiyatini baydarkachilar davom ettirmoqda