Adliya vazirligiga murojaat qiling va mutaxassislardan javob oling!

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva  fuqarolar, xususan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tushgan savollarga javob qaytardi:

Savol: Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildimi?

Javob: Oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 1 dekabr etib belgilandi.

Savol: Yaqinda o‘qishni bitirdim. Ishga kirish uchun murojaat qilganimda ish beruvchi menga 3 oy dastlabki sinov muddati bilan ishga qabul qilishini aytdi. Qonunchilikda kimlarga nisbatan dastlabki sinov muddati qo‘llanilmaydi?

Javob: Mehnat kodeksining 84-moddasiga ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslarga dastlabki sinov muddati qo‘llanilmaydi: homilador ayollar; 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar; korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar; xodimlar bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Savol: Nikoh bekor qilinganidan so‘ng sobiq turmush o‘rtog‘im meni turarjoy bilan ta’minlashga mas’ulmi? 

Javob: Oila kodeksining 23-moddasiga muvofiq, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Shuningdek, Kodeksning 118-moddasiga muvofiq, yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan: sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida; o‘rtadagi nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha yoki bolalikdan I guruh nogironi bo‘lgan bolaga qaragan yordamga muhtoj sobiq xotin (er); nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er); nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.

Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin. Shu sababli, agar eringiz bilan umumiy mulkingizda turarjoy mavjud bo‘lsa, sud orqali eringizdan turarjoyga bo‘lgan o‘z xissangizni ajratib berish haqida da’vo qilishingiz mumkin.

Savol: Men mashinamni ijaraga bermoqchi edim. Ushbu holatda ijara shartnomasi qanday tasdiqlanadi? Qanday hujjatlar talab etiladi?

Javob: Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, avtomototransport vositasining ijara shartnomasi notarius tomonidan faqat maxsus gerbli blankada tasdiqlanadi.

Ijara shartnomasi yashash joyi, doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan qat’i nazar, istalgan notarial idorada rasmiylashtirilishi mumkin.

Ijara shartnomasini tasdiqlash uchun notarial idoraga taqdim etiladigan hujjatlar: taraflarning pasporti; avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (texpasport); agar avtomototransport vositasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lsa, erning (xotinning) roziligi; agar avtomototransport vositasi garovda turgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi; agar shartnoma vakil tomonidan tuzilayotgan bo‘lsa, uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).

Savol: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalari bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarishi mumkinmi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 74-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.

Shuningdek, Nizomning 76-bandiga ko‘ra, boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. 

Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.                     

Muattar Burhonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sizni o‘ylantirayotgan savollar bormi?