Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Erta tongdan shahar boʻylab umumxalq sayli boshlanib, minglab yurtdoshlarimiz zahmatkash oʻqituvchilar faoliyatiga bagʻishlangan koʻrgazma va pavilyonlarni tomosha qildi.

Asosiy bayram tantanasi “Metallurg” madaniyat saroyida boʻlib oʻtdi. Oʻqituvchi-murabbiylar, viloyat faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi tantanali marosimda Prezidentning Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov tomonidan oʻqib eshittirildi.

Prezidentimizning bayram tabrigi, ayniqsa “Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz oʻgʻil-qizlarimizning taqdirini, Oʻzbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz”, degan jumlalari zalga yigʻilgan barcha ustoz va murabbiylarni toʻlqinlantirib yubordi.

Tadbirda Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlangan oʻqituvchi va murabbiylarga orden va medallar tantanali topshirildi.

Tadbirda shuningdek, alohida mehnat yutuqlari, kasbga fidoyilik, yuksak Vatanparvarlik namunasini koʻrsatib kelayotgan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar viloyat hokimligining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari D.Kenjayev vazirlik tomonidan mukofotlangan oʻqituvchi va murabbiylarga atalgan nishon hamda sovgʻalarni oʻz egalariga topshirdi.

Sanʼatimiz namoyondalari, xalq va folklor jamoalarining chiqishlari tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir doirasida shahardagi “Tojmahal” marosimlar majmuasida ustoz-murabbiylar uchun dasturxon yozilib, bir piyola choy ustida goʻzal suhbatlar uyushtirildi.

Viloyat boʻylab tantanali bayram sayillari, ustozga ehtirom ayyomi davom etmoqda.

photo5228687044803406902.jpg

photo5229063159384485151.jpg

photo5229063159384485152.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sizga sharaf, Sizga shon, ustoz-murabbiylar!
Жамият
18:50 / 30:09:2019