O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Oltin qalam” mukofotining ilk sovrindorlaridan biri, doktor Ahmad Josim Az-Zubaydiyning “Siz tarjimonmisiz?” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Rossiyaning ITAR-TASS agentligi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Valeriy Biryukov, diplomat Baxtiyor Irisov, pokistonlik yozuvchi va tarjimon, doktor Abbosxon, O‘zDJTU rahbariyati, Arab tilidan tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mutaxassislari, ustoz va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida kafedra mudiri Kamola Qodirova hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammad Abdullayev tarjima millatlararo muloqot uchun eng muhim vosita ekanini ta’kidladi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga ko‘ra, ushbu soha badiiy, ilmiy kabi bir necha turga bo‘linishi, asl nusxani aks ettirish tarziga ko‘ra tafsir, tabdil, sharh ko‘rinishlarga egaligi qayd etildi.

– Ko‘lami va taraqqiyoti muayyan xalqning ma’rifiy darajasiga bog‘liq bo‘lgan tarjima, o‘z navbatida, shu millat ijtimoiy tafakkuriga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, – dedi M.Abdullayev. – “Tarjima” atamasi bir tildan ikkinchisiga o‘girish jarayoni, shuningdek tayyor tarjimaга nisbatan ham қўлланади.

Mutaxassilar yig‘ilganlarga tarjimachilikning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berarkan, ona tilimizning ayni paytdagi rivojlanish darajasiga alohida to‘xtaldilar. Xususan, ish jarayonida mutarjim mudom ona tilida fikrlashi, tarjimachilik an’anasi, tajribasiga suyanishi, tillar orasida turli tafovutlar mavjudligini hisobga olishi darkorligi, o‘z tili unga ustuvor tahlil quroli, асосий mezon bo‘lib xizmat qilishi, qobiliyat va bilim ijodkorning imkoniyatini kengaytirishi ta’kidlandi.

– 40 yildan buyon shu sohada faoliyat yuritaman,  deydi doktor Ahmad Az-Zubaydiy. – Tarjimonlik kasbini o‘rganmoqchi bo‘lganlarni rag‘batlantirish, bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklarni imkon qadar yengillatish maqsad qilingan kitobda sohaning tarixi, turlari, ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar ham yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan ayrim xato va kamchiliklarni chetlab o‘tish yo‘llari bayon qilingan. O‘zbek, rus va ingliz tillaridan arab tiliga o‘girilgan yoki aksincha yo‘nalishdagi materialllar keltirilgan. Shuningdek, muayyan hujjatlar tarjimasida asqotadigan lug‘at uchun alohida bo‘lim ajratilgan.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar e’tiborli bo‘lish mutarjimlikda eng muhim xislat ekanini e’tirof etishdi.

– Ushbu asarda sinxron tarjimaga keng o‘rin ajratilgan, – dedi ustoz tarjimon Abdulhodiy Yusuf. – Ma’lumki, og‘zaki uslubning qiyin va muhim mazkur turida mutaxassis ketma-ket uslubdan farqli o‘laroq, nutqni yo‘l-yo‘lakay, uzluksiz o‘girib borishi talab qilinadi.

TASS vakili V.Biryukov Az-Zubaydiyning goh arab, goh rus, goh ingliz tillari o‘rtasida uyg‘unlashadigan matnlar ustida mohirlik bilan ishlashini e’tirof etdi:

[gallery-20639]

– Yozuvchi ҳаётдан olgan mushohadasini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnni yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u voqelikni muallif darajasida anglashi kerak. Har qanday xalq adabiyoti rivojida tarjimachilikning ta’siri beqiyos. Zero, tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh.

Yig‘ilganlar tarjima amaliyoti, sohaning tamoyili va qoidalari haqida ham fikr almashdi. Ayniqsa maxsus fan, илмий yo‘nalish sifatida o‘tgan asr ikkinchi yarmidan shakllana boshlagan o‘zbek tarjimashunosligi taraqqiyoti va istiqboli masalalari muhokamasi juda qizg‘in kechdi.

Muharrama Pirmatova,

Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Siz tarjimonmisiz?” kitobi taqdim etildi