Bugun Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini ro‘yxatga olish, Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rildi.  

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan MSK Kotibiyati mudiri X.Teshayev ma’ruza qildi.  

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2023 yil 10 maydagi qarori bilan tasdiqlangan Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejaga muvofiq majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 ta saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.  

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.  

Shundan kelib chiqib, majlisda Markaziy saylov komissiyasi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi rahbarlari tavsiya etgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, vakolatli vakillarni ro‘yxatga olish hamda ularga belgilangan shakldagi guvohnoma (mandat)ni berish haqida qaror qabul qildi.

Shuningdek, majlisda 2023 yil 6 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni bilan Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. 

Jumladan, mahkumlar va muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning saylash huquqlarini ta’minlash, saylov komissiyalari a’zolariga qo‘yilgan talablarni aniqlashtirish, uchastka saylov komissiyalarining Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati bilan ishlash masalalariga oid Markaziy saylov komissiyasining 8 ta qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  

Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikrlar, takliflar bildirildi.

Muhtarama Komilova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi