“Sitora” qizlari – yakka peshqadam
Buxoroda chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionatining dastlabki ikki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionatining dastlabki ikki tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Xotin-qizlar o‘rtasida Buxoroning “Sitora” jamoasi qizlari barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, 30 ochko bilan chempionlikka asosiy da’vogar ekanini isbotladi.
Faqat mezbonlarga imkoniyatni boy bergan samarqandlik qizlar 24 ochko bilan ikkinchi, Xorazm jamoasi 16 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada Farg‘onaning “Farg‘ona-Azot”, Andijon viloyatining uch jamoasi – “Asaka BFM”, viloyat olimpiya zaxiralari kolleji va viloyat terma jamoasi, Samarqand bolalar va o‘smirlar sport maktabi, Urganch olimpiya zaxiralari kolleji jamoalari o‘zaro bahslashdi.
Ikki tur yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati terma jamoasi xokkeychilari 30 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Samarqand va Farg‘ona viloyatlari vakillari ikkinchi va uchinchi o‘rinda bormoqda.