Sirojov Otajon Orifjonovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusida
Sirojov Otajon Orifjonovichning 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining valeologik kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi himoyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 14-yanvar kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 111720, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Amir Temur ko‘chasi, 104-uy. Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Tel: (99870) 712-27-55; faks: (99870) 712-45-41;
e-mail: chdpi-kengash@umail.uz
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).