Sirli yo‘llar bosib, kezaman osmon,

O‘ylayman, o‘ylayman, sira bilmayman,  

Osmonga sepilgan oltindan somon.  

Haqiqat nimadir, o‘ylayman hamon…

Bu so‘zlar yurak kechinmalarining yodnomasi bo‘lib bitilgan satrlardir. U yurakning sohibi esa Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek.  

XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi.  

Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil olgan Oybek keyinchalik O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qidi. 1930 yili universitetni tugatib, shu yerda siyosiy iqtisoddan dars berdi.  

Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan “Tuyg‘ular” she’riy to‘plami bilan kirib keladi. Shoirning “Dilbar – davr qizi”, “O‘ch”, “Baxtigul va Sog‘indiq”, “Temirchi Jo‘ra” dostonlari o‘z davrining she’riy yilnomalaridir.

U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratadi. Oybek she’riyati sodda, ravon, rang-barang tasavvurga chorlovchi tasvirlari bilan  alohida e’tiborga sazovor.  

Jumladan, u:  

Yor ketdi, ko‘zim bulog‘i qoldi,  

Siynamda tirik firoqi qoldi.  

Ishq xotirasi kabi sochimning  

Yoshlikda ko‘paygan oqi qoldi...  

deya yozadi bir she’rida.

Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan “Qutlug‘ qon”, “Navoiy”, “Ulug‘ yo‘l”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” kabi epik polotnolar o‘zbek realistik nasri taraqqiyotida muhim davrni tashkil etadi.  

 “Navoiy” romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy obrazi qad rostladi.

Ijodkorning “Oltin vodiydan shabadalar” asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davrdagi yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” romanida Ikkinchi jahon urushi fojialari o‘z ifodasini topdi. Adibning “Ulug‘ yo‘l” asari esa “Qutlug‘ qon” romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini ko‘rsatadi.

Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qiladi. Adib qardosh xalq hayotini, kurash va intilishlarini “Pokiston xotiralari” ocherklarida, qator she’rlari, “Zafar va Zahro”, “Haqgo‘ylar” dostonlarida hamda “Nur qidirib” qissasida tasvirlagan.

Adibning “Bolalik xotiralarim” avtobiografik qissasi 1963 yilda yaratilgan bo‘lib, qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zi bo‘ldi.  

Oybek iste’dodli shoir, yirik nosirgina emas, mashhur olim, publitsist, tanqidchi, tarjimon va jamoat arbobi ham edi. O‘zbek kitobxoni Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romanini, Lermontovning “Maskarad”, Molerning “Tartyuf” dramalarini, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan.  

Adib 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylanadi va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi bo‘lib ishladi. U yuqori malakali filologlarni tayyorlagan ustoz bo‘ldi.

Oybek 1968 yilda olamdan o‘tdi. Uning asarlari o‘zbek adabiyotining sara namunalari bo‘lib yashamoqda. Mahorati esa yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununidir. Toshkentning “Ishchilar shaharchasi” deb atalgan dahalaridan birida 1940-1968 yilga qadar, ya’ni hayotining so‘nggi daqiqalarigacha o‘zbek adibi va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek yashab, ijod qilgan muzey bor. Ushbu uy-muzeyi adib tug‘ilgan kunning 75 yilligi munosabati bilan 1980 yilda barpo etilgan edi.

Adibning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan bo‘lib, shu orqali uning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Oybek 2000 yil o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi tufayli “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.  

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sirli yo‘llar bosib, kezaman osmon...", Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek