Sirdaryolik faol tadbirkorlar sharaflandi
Prezidentimizning tadbirkorlik sohasida olib borilayotgan islohotlari natijasi o‘laroq viloyatda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar soni kun sayin ortmoqda.
bugungi kunda viloyatda 20 ming 662 ta mahalliy va 210 ta xorijiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan birgina 2022 yilning 6 oyida 4314 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, ular tomonidan amalga oshirilgan mahsulot va xizmatlar eksporti 141 million AQSH dollarni tashkil etadi.

Ayni kunga qadar faol tadbirkorlardan 13 nafari davlat mukofotlari, 4 nafari esa Prezidentimizning tashakkurnomalari bilan taqdirlangan.
Kuni kecha davlatimiz rahbarining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini ta’sis etish hamda bir guruh tadbirkorlarni ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoyishi imzolandi. Unga muvofiq 7 nafar sirdaryolik salohiyatli va jonkuyar tadbirkorlar taqdirlandi.


Viloyat hokimligida tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev barcha tadbirkorlarni kasb bayrami bilan tabriklab, ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan”, “Eng ko‘p soliq to‘lovchi” va “Eng ko‘p xorijiy investitsiya olib kirgan” 5 nafar tadbirkorlar viloyat hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sh. Suyarov,
F.Toshmatov,(surat), O‘zA