Sirdaryo viloyatida 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Intellektual o‘yinda ishtirok etgan xotin-qizlar orasida jamoaviy ishlash, tez fikrlash va kreativ yondashuvlarni namoyon qilish muhim omil bo‘ladi. Tadbirda qatnashgan har bir jamoa o‘ziga xos mavzular bo‘yicha savollarga javob berishdi, shuningdek, ularning umumiy bilim darajasi va intellektual qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.

G‘olib bo‘lganlar o‘z g‘alabalarini jamoaviy ishlash va har bir a’zoning fikrini inobatga olish orqali qo‘lga kiritishdi. Muntazam intellektual o‘yinlar, shu jumladan, «Zakovat», har bir ishtirokchiga yangi bilimlarni egallash, tahliliy va so‘zlash qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

1-o‘rinni viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining "EcoFin" jamoasi egalladi. 2-o‘ringa Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining "Matonatli ayollar" jamoasi, 3-o‘ringa viloyat G‘aznachilik xizmati boshqarmasining "Treasury girls" jamoasi sazovor bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Sirdaryo viloyat hokimi o‘rinbosari– oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Otabek Mavlonberdiyev ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirdi.  

[gallery-22107]

Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami oldidan o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual o‘yini sirdaryolik xotin-qizlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, ularning bilimlarini va ijtimoiy faolligini yanada oshirdi.  

Bunday tadbirlar jamiyatda ayollarning yorqin rolini e’tirof etish va ularning salohiyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi,albatta.

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda "Zakovat" intellektual o‘yini