Sirdaryoda Yaponiya talablari asosida haydovçilar tayyorlanadi
Sirdaryo viloyatida Yaponiya mehnat bozorida talab yuqori bölgan malakali haydovçilarni tayyorlaş va ularni iş bilan taʼminlaşga qaratilgan yangi loyiha amalga oşiriladi. Bu haqda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirovning Yaponiyaning «Onodera User Run» kompaniyasi rahbari Jun Jun Kato bilan uçraşuvida söz bordi.
Muloqot davomida viloyatda ixtisoslaştirilgan haydovçilar tayyorlaş markazini taşkil etiş, nomzodlarni xalqaro talablar asosida öqitiş va Yaponiyada munosib iş bilan taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.

Loyihaga muvofiq, dastlab 400 nafar, keyinçalik esa 1 000 nafargaça fuqaroni Yaponiyaga haydovçi sifatida işga yuboriş rejalaştirilgan.

Nomzodlar yetti oylik maxsus öquv dasturi asosida tayyorlanadi. Unda yapon tili, yöl harakati xavfsizligi, transport vositalarini boşqariş va amaliy haydovçilik könikmalari örgatiladi. Öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganlar yapon iş beruvçilari bilan suhbatdan ötib, işga joylaştiriş uçun yuboriladi.

Maʼlumot uçun, «Onodera User Run» kompaniyasi xorijiy fuqarolarni yapon tili va kasbiy yönalişlar böyiça tayyorlaş, ularni Yaponiya mehnat bozoriga yönaltiriş hamda işga joylaştiriş sohasida faoliyat yuritadi.
Mazkur hamkorlik Sirdaryo aholisi, ayniqsa, yoşlarga xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasbni egallaş, Yaponiyada işlaş, tajriba orttiriş va barqaror daromad manbaiga ega böliş imkonini beradi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri