Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasida komplayens nazorat xizmati o‘z faoliyatini boshladi. Nabijon Abdaliyev Komplayens nazorat xizmati bosh mutaxassisi etib tayinlandi.

Asosiy vazifa Xizmatning tashkilot va hududiy-tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni joriy etishdir. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash, xodimlarning huquqiy ongiyu madaniyatini oshirish, tizimda korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish ham maqsad qilingan.

Komplayens nazorat xizmatining ma’lum qilishicha, agar kadastr idoralari xodimlari bepul ko‘rsatiluvchi xizmatlar uchun to‘lov yoki muayyan xizmat ko‘rsatishni talab etsa, qonunga zid ravishda yer ajratib beraman yoki noqonuniy kadastr hujjatlari tayyorlab beraman desa yoxud pulli xizmatlar uchun narxlarni asossiz oshirsa va shu kabi holatlarga duch kelsangiz, komplayens nazorat xizmati xodimining 67 225-98-97 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Yoki @sirdaryo_kadastr telegram botiga murojaat etish so‘raladi.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi: Komplayens nazorat. U nima?